Vaznim
Google Play'dan yuklab olish

Hisoblash parametrlari

Jinsingiz
yosh
sm
kg
Kunlik tavsiya
1,825 kkal
Maqsadingiz uchun kunlik me'yor
Tavsiya etilgan kunlik KBJU:
Oqsil (30%) 137 g Mushaklar uchun
Yog' (30%) 61 g Gormonlar uchun
Uglevod (40%) 183 g Energiya uchun
Kunlik jami energiya sarfi (TDEE): 2,325 kkal
Bazal metabolizm (BMR): 1,690 kkal

Har kuni ovqatlarni qo'lda hisoblab yurmang! Shunchaki taomni rasmga oling — Vaznim ilovasi o'zi hisoblaydi.

Vaznim AI ilovasini bepul yuklab oling

Kaloriya balansi va ozish qanday bog'liq?

Inson organizmi xuddi avtomobil motoriga o'xshaydi: energiya olish uchun yoqilg'i (ovqat kaloriyasi) talab qilinadi. Agar siz kundalik sarflayotgan energiyangizdan ko'proq kaloriya iste'mol qilsangiz, ortiqcha energiya yog' qatlami ko'rinishida saqlanadi. Aksincha, sarflayotganingizdan kamroq yeganingizda — organizm yetishmayotgan energiyani ichki yog' zaxiralaridan yoqishga majbur bo'ladi. Bunga kaloriya defitsiti deyiladi.

Mifflin-St Jeor ilmiy formulasi qanday ishlaydi?

Zamonaviy diyetologiyada BMR (Bazal metabolizm)ni aniqlash uchun eng aniq hisoblangan formula bu — Mifflin-St Jeor formulasidir (1990-yilda kashf etilgan va hozirda xalqaro standart):

  • Erkaklar uchun: BMR = 10 × Vazn (kg) + 6.25 × Bo'y (sm) - 5 × Yosh + 5
  • Ayollar uchun: BMR = 10 × Vazn (kg) + 6.25 × Bo'y (sm) - 5 × Yosh - 161

Topilgan BMR insonning kunlik faollik koeffitsiyentiga (1.2 dan 1.725 gacha) ko'paytirilib, umumiy energiya sarfi (TDEE) hisoblab chiqiladi.

KBJU nima va nima uchun faqat kaloriyani o'zi yetarli emas?

1500 kkal faqat shirinlik va xamirdan olinsa — qomat xunuklashadi va teri osiladi. Xuddi shu 1500 kkal tovuq go'shti, tuxum, yangi sabzavotlar va don mahsulotlaridan olinsa — qorin tortiladi va mushaklar baquvvatlashadi. Shu sababli oqsil (30%), yog' (30%) va to'g'ri uglevodlar (40%) nisbati nihoyatda muhimdir.

Savol-Javob

Kaloriya hisoblash bo'yicha eng ko'p beriladigan savollar

Inson ozgan sari uning tana vazni kamayadi, kichikroq tana esa kamroq kaloriya talab qiladi. Dastlabki vazningiz uchun to'g'ri kelgan kaloriya normasi 5-7 kg ozganingizdan so'ng vazn saqlash normasiga aylanib qoladi. Shu sababli har 5 kg ozgandan so'ng qaytadan kaloriya hisoblab turish zarur.

Grammlab qo'lda hisoblash ko'p vaqt oladi. Vaznim ilovasi orqali shunchaki taomni suratga oling — sun'iy intellekt taomni taniydi va barcha ko'rsatkichlarni bir soniyada kunlik daftaringizga kiritadi.

Vaznim Ilovasi

Kaloriyalarni bir zumda surat orqali aniqlang

O'zbekistondagi birinchi milliy taomlarni taniydigan sun'iy intellekt ilovasi.